Unga ko‘ra, Toshkent davlat tibbiyot universitetining malakali shifokorlari tomonidan universitet professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari, talabalari hamda universitetga yondosh Oybek va Bobur mahallalarining fuqarolari chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.Mazkur tibbiy ko‘rikning asosiy maqsadi — jamoa a’zolarining salomatligini muntazam nazorat qilish, kasalliklarni erta aniqlash hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishdan iboratdir. Jarayon davomida mutaxassislar tomonidan umumiy tibbiy tekshiruvlar, maslahatlar hamda zarur tavsiyalar berilmoqda.
Bunday hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlashga, shuningdek, ta’lim jarayonida sog‘lom muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.Tadbirlar belgilangan reja asosida davom etmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar:


