logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti va “Toshkent traktor zavodi” MCHJ o‘rtasida ilmiy, o’quv, texnik va amaliy hamkorlik qilish bo’yicha kelishuv imzolandi

view 18

Mazkur hamkorlik kelishuvi muhandislik sohasida ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Hamkorlik doirasida Agromuhandislik va texnologiyalar fakulteti professor-o‘qituvchilari, doktorantlar va magistrantlar ilmiy tadqiqotlarini ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘lagan holda olib boradi, talabalar uchun samarali va tizimli amaliyot jarayonlari yo‘lga qo‘yiladi hamda “Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish” va “Agromuhandislik” ta’lim yo’nalishining 2 va 3-bosqich talabalari uchun “dual ta’lim” asosida o‘qish bilan birga korxonada ishlash imkoniyati yaratiladi. Dual ta’lim tizimi orqali talabalar nazariy bilimlarini amaliy jarayonlar bilan uyg‘unlashtiradi, real ishlab chiqarish muhitida tajriba orttiradi hamda kelajakda sohada raqobatbardosh, yuqori malakali mutaxassis sifatida shakllanadi.

Ushbu hamkorlik Toshkent davlat agrar universitetida ta’lim sifatini oshirish, amaliyotga yo‘naltirilgan o‘qitish modelini kengaytirish va zamonaviy, professional kadrlar tayyorlash borasidagi muhim qadamdir.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.