Bugun Toshkent davlat agrar universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining Bingtaun ochiq universiteti (Bingtaun Open University) rektori Yan Miaosen boshchiligida “Huaxin United Supply Chain Co., Ltd.” kompaniyasi raisi Gong Li hamda “Beijing Luhai Group Company” kompaniyasi raisi Vey Szyanxualar tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida paxtachilik sohasida hamkorlikni rivojlantirish, onlayn ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, texnikumlar o'rtasida o‘zaro aloqalarni kuchaytirish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, Paxta terish mashinalari haydovchilarini tayyorlash va texnik xizmat ko‘rsatish kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, sho‘rlangan tuproqlarda ekin ekish va yuqori hosil olish tajribalari yuzasidan ham fikr almashildi. Muloqot yakunida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash hamda ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

