Samarqand viloyatidagi “WEB MIX LAB” MChJning taklifiga asosan Toshkent davlat agrar universiteti “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qadoqlash” kafedrasi dotsenti M.J. Kurbanova tomonidan tashkilot xodimlari uchun master-klass darsi tashkil etildi.
Master-klass darsining asosiy maqsadi universitet va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, tajriba almashish hamda kelgusida xo‘jalik shartnomalarini tuzish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat bo‘ldi.
Shuningdek, “WEB MIX LAB” MChJ (ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi) Oʻzbekistondagi ta’lim muassasalari uchun oʻquv-laboratoriya uskunalari, mebel va koʻrgazmali qurollar ishlab chiqarish hamda yetkazib berish bo‘yicha yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Korxona Germaniya, Xitoy, Italiya va Shveytsariya kabi davlatlarning yirik ishlab chiqaruvchilari, jumladan GUNT GmbH, LD Didactic, Mettler Toledo kabi kompaniyalar bilan rasmiy diler sifatida hamkorlik qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


