Konferensiyada Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston davlatlarining ta’lim va mehnat vazirliklari, xalqaro tashkilotlar, ta’lim muassasalari hamda xususiy sektor vakillari qatnashdi. Tadbir davomida PECA loyihasi doirasida erishilgan yutuqlar, o‘quv dasturlarining mehnat bozori ehtiyojlariga moslashtirilgani, qisqa muddatli kurslarning joriy etilgani, normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga ko‘maklashilgani, mintaqaviy hamkorlik mustahkamlangani ta’kidlandi.
Universitetimizning “Agroiqtisodiyot” kafedrasi dotsenti, PECA IV bosqichi ishtirokchisi D.N. Saidova konferensiyada faol ishtirok etdi. Konferensiya doirasida samarali ishtiroki uchun Toshkent davlat agrar universiteti vakillariga tashakkurnoma topshirildi.
Ijtimoiy tarmoqlar: