logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti vakillari Quyi Chirchiq tumanidagi “Guliston” hududida joylashgan Germaniyaning ozuqabop ekinlar bo‘yicha xalqaro loyihasi tajriba dalasida yetishtirilayotgan turli ekinlar, zamonaviy agrotexnologiyalar va ilmiy-amaliy tajribalar bilan tanishib chiqdi

view 163

Toshkent davlat agrar universiteti vakillari, jumladan O‘simlikshunoslik, Agronomiya va Agroteknologiyalar kafedralari professor-o‘qituvchilari hamda magistrantlari Quyi Chirchiq tumanidagi “Guliston” hududida joylashgan Germaniyaning ozuqabop ekinlar bo‘yicha xalqaro loyihasi tajriba dalasida bo‘lishdi.
Tashrif davomida oq jo‘xori, beda, sudan o‘ti, qo‘noq, sebarga kabi ozuqa ekinlari, shuningdek marjumak, batat, guar singari noan’anaviy ekinlar yetishtirish tajribalari, zamonaviy agrotexnologiyalar, sug‘orish tizimlari va o‘g‘itlash usullari bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, hamkorlik doirasida ilmiy tadqiqotlar, talabalar dala amaliyotlari hamda xorijiy tajribani respublika sharoitiga moslashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.