logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti vakillari “Robotlar kuni–2026” ko‘rgazmasida faol ishtirok etdi

view 59

Toshkent politexnika muzeyi tomonidan fransiyalik birinchi odamsimon robot ixtirochisi Jak De Vokanson tavalludiga bag‘ishlab tashkil etilgan “Robotlar kuni–2026” yosh robot ixtirochilari ko‘rgazmasida Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi munosib ishtirok etdi. Kòrgazmada Toshkent davlat agrar universiteti o‘qituvchisi Sh.Valiyeva rahbarligida bir qancha talabalar qatnashib, talabalarning innovatsion loyihalarini taqdim etdi. Agrar sohada zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashga qaratilgan ishlanmalar tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi robototexnika yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan yosh ixtirochilarga o‘z ishlanmalarini keng jamoatchilikka namoyish etish, yoshlarning sohaga bo‘lgan qiziqishi va bilimini oshirish hamda iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.