logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti vakillari tomonidan Harbiy qismlarda qishloq xoʻjaligi bo‘yicha amaliy o‘quv-seminarlar tashkil etildi

view 29

Toshkent davlat agrar universiteti vakillari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli, Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan 71186-sonli harbiy qism xizmatchilari uchun qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida oʻquv-seminar tashkil etildi. Seminar davomida issiqxona sharoitida sabzavot mahsulotlarini ilmiy asoslangan zamonaviy agrotexnologiyalar asosida yetishtirish, yuqori va sifatli hosil olish yoʻllari, shuningdek chorvachilikda qoramollarni ratsion asosida oziqlantirish orqali mahsuldorlikni oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar berildi.

Tadbir jarayonida harbiy xizmatchilarni qiziqtirgan savollarga soha olimlari va malakali mutaxassislar tomonidan ilmiy asoslangan, atroflicha javoblar berilib, foydali tajriba va bilimlar ulashildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.