Toshkent davlat dgrar universiteti Zooinjeneriya fakulteti, Ipakchilik va tutchilik ta’lim yo‘nalishi I-bosqich talabalari (25-80, 81, 82 guruhlar) uchun "Zoologiya" fanidan yuqori va saviyali sayyor dars tashkil etildi. Ushbu amaliy mashg‘ulot O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Zoologiya institutida bo‘lib o‘tdi. Ipakchilik va tutchilik kafedrasi professori Ch.Bekkamov va katta o‘qituvchi, N.Soxibovalar rahbarligida talabalar “Qushlar sinfining kelib chiqishi, sistematikasi va progressiv belgilari” mavzusi doirasida bilim oldilar. Institutning maxsus laboratoriya va sistematika xonalarida mamlakatimiz faunasi, jumladan, "Qizil kitob"ga kiritilgan turlar bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi.
Sayyor dars jarayonida mas’ul mutaxassis xodimlar tomonidan qushlarning turkumi, oilasi va turlari haqida keng ko‘lamli ilmiy-tahliliy ma’lumotlar taqdim etildi. Jumladan, umurtqali hayvonlar orasida qushlarning qishloq xo‘jaligidagi o‘rni va ahamiyati alohida ta’kidlab o‘tildi. Ushbu tashrif nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan boyitishga xizmat qilib, o‘quv-uslubiy jihatdan namunali tarzda o‘tdi va talabalarda Zoologiya faniga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar:
Shuningdek o'qing

