logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti vakillari xalqaro texnik seminarda ishtirok etdilar

view 101

Germaniyaning Gyussen shahridagi Yustus Libix universiteti (ZEU) hamda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamkorligida Toshkentda “Markaziy Osiyoda chorvachilik qiymat zanjirlarini rivojlantirish” mavzusida texnik seminar tashkil etildi.
Tadbirda FAOning “Bitta sog‘liq” tashabbusi, xalqaro tajribalar va chorvachilikni barqaror rivojlantirishga oid loyihalar taqdim etildi.

Toshkent davlat agrar universiteti vakillari ham seminarda faol ishtirok etib, mintaqaviy chorvachilik tarmog‘ini takomillashtirish, amaliy tavsiyalar ishlab chiqish va sohaga oid siyosiy qarorlarni qo‘llab-quvvatlashda o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Seminar Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun chorvachilik tarmog‘ining raqobatbardoshligi, ekologik barqarorligi va mintaqaviy hamkorligini kuchaytirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.