Toshkent davlat agrar universiteti Buxgalteriya hisobi, tahlil va audit kafedrasi professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Milliy banki Toshkent viloyati filiali jamoasi bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Ohangaron tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlari ekish tadbirini tashkil etdilar.
Mazkur xayrli tashabbus tabiatni asrash, ekologik muhitni yaxshilash, shuningdek, kelajak avlodga ko‘kalamzor va sog‘lom muhitni meros qoldirishga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


