logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti “Veterinariya meditsinasi” kafedrasi tomonidan kunduzgi ta’lim shaklida tahsil oluvchi “Veterinariya meditsinasi” yo‘nalishi 4-bosqich talabalari uchun mahorat darsi o‘tkazildi

view 258

Darsni kafedra mudiri, dotsent B. O‘lmasov olib bordi. Mazkur mashg‘ulot “Patologik anatomiya va veterinariya sudekaspertizasi” fanining “Yallig‘lanish patanatomiyasi” mavzusiga bag‘ishlandi. O‘quv jarayonida talabalardan tashqari, Zooinjeneriya fakulteti professor-o‘qituvchilari, magistr va doktorantlar ham ishtirok etdilar. Darsda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, xususan, BBB metodi, interaktiv metodlar, ko‘rgazmali va amaliy tushuntirishlardan foydalanildi

Mavzu ilmiy asosda chuqur yoritilib, yallig‘lanish etiologiyasi, patogenezi, tashqi belgilari, bosqichlari, yallig‘lanishda qon aylanishining buzilishi va to‘qimalarda kuzatiladigan o‘zgarishlar, shuningdek, yallig‘lanishning tasnifi, ekssudat va uning turlari hamda morfologik xususiyatlari tahlil va taqqoslash asosida tushuntirildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.