Tadbirda mamlakat ilmiy tashkilotlarining 2020–2025-yillarda ilmiy faolligi, xalqaro nashrlardagi ko‘rsatkichlari hamda ilmiy resurslardan foydalanish bo‘yicha statistik tahlillar taqdim etildi. Mutaxassislar ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish mezonlari, nufuzli jurnallarda maqola chop ettirish talablari va global axborot bazalaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdilar. Eng quvonarlisi, Springer Nature resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan TOP-15 tashkilotlar qatorida Toshkent davlat agrar universiteti munosib ravishda taqdirlandi.
Ma’lumot o’rnida, Springer Nature’ning tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash strategiyalari, ilmiy kitoblar va resurslarning afzalliklari hamda O‘zbekiston tashkilotlarining nashriyot faoliyatiga oid tahliliy ma’lumotlar forum ishtirokchilariga taqdim etildi. Tadbir doirasida tadqiqotchilar faoliyatini rivojlantirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish va ilmiy ekotizim samaradorligini oshirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


