logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti Zooinjeneriya fakulteti talabalari bitiruv oldi malakaviy amaliyotda

view 89

Toshkent davlat agrar universitetining 2025-yil 8-sentabrdan 1-noyabrgacha bo‘lgan davr uchun 1-15-7/452-sonli buyrug‘iga asosan Zooinjeneriya fakultetining “Ipakchilik va tutchilik” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalari bitiruv oldi malakaviy amaliyotni o‘tamoqdalar. Amaliyot davomida talabalar kafedra hamkorlik qilayotgan korxona va tashkilotlarda quyidagi jarayonlarda faol ishtirok etishmoqda tut ipak qurti urug‘larini yuvish va tayyorlash texnologiyalarini o‘rganish, tut ipak qurtlarini mikroanaliz qilish, pillalarni saralash va sifatini baholash jarayonlarida qatnashish.

Mazkur amaliyot talabalarga nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda soha bo‘yicha amaliy tajriba orttirish imkonini bermoqda

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.