Tadbirni Toshkent davlat agrar universiteti birinchi prorektori J. Lapasov ochib, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va OIV/OITS bo‘yicha xabardorlikni oshirish zarurligini ta’kidladi. Tadbir jarayonida “Sog‘lom hayot sari birgalikda” shiori ostida devoriy gazetalar tanlovi o‘tkazildi, OIV infeksiyasi mavzusida ochiq muloqotlar tashkil etildi va ma’rifiy bukletlar tarqatildi, talaba-yoshlar ishtirokida ko‘ngilli “OIV statusi”ni aniqlash aksiyasi o‘tkazildi hamda katta monitorda OIVga oid ma’rifiy videoroliklar namoyish etib borildi. Shuningdek, tadbir doirasida viloyat OITSGA qarshi kurashish markazi bosh shifokori N.Adilova dunyo, mintaqa va mamlakatdagi epidemiologik vaziyat hamda oldini olish chora-tadbirlari yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.
Tadbir yakunida devoriy gazetalar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi, savol-javoblar o‘tkazildi va ishtirokchilarning takliflari muhokama qilindi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



