logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida “11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan Zakovat intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi!

view 151

Mazkur tadbir universitet Kasaba uyushmasi, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi, Maʼnaviyat va maʼrifat boshqarmasi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida tashkil etildi. Intellektual bellashuvda universitetning 7 ta fakultetidan professor-o‘qituvchilardan iborat jamoalar o‘zaro bilim va tafakkurlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Musobaqa natijalari:
1-o‘rin — Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakulteti jamoasi
2-o‘rin — Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti jamoasi
3-o‘rin — O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti jamoasi

Tadbir “O‘zbekiston kasaba uyushmalari – 120 yil xalq bilan” shiori ostida o‘tkazilib, g‘olib jamoalar bellashuv yakunida faxriy diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.