Dastlab, mehmonlarga universitet iqtidorli talabalari ijodidan namunalar taqdim etildi. “Art Galereya” ko‘rgazmasida namoyish etilgan san’at asarlari mehmonlarda katta taassurot qoldirib, ular yosh ijodkorlarning iste’dodiga yuksak baho berdilar. Shundan so’ng, Toshkent davlat agrar universitetida “Qishloq ayollari va innovatsiyalar: Yangi imkoniyatlar sari mavzusidagi olima ayollarning ilmiy-innovatsion yutuqlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi. “Xalqaro qishloq ayollari kuni” munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Maxkamova, Bosh prokuror o‘rinbosari S.Artıkova, Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari S.Abdikarimova, Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari A.Shukurov, FAOning Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy byurosi katta maslahatchisi D.Abdurazakova, Toshkent davlat agrar universiteti rektori N.Oblomuradov, professor-o'qituvchilar hamda mamlakatimiz agrar sohasining ilg‘or ayollari, olimalar, fermerlar, davlat idoralari va xalqaro tashkilotlar vakillari hamda talaba yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirda so‘z olgan Zulayho Maxkamova qishloq ayollarining agrar sohadagi faolligi, oziq-ovqat xavfsizligi, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish va fermerlik madaniyatini rivojlantirishdagi hissasini yuksak baholadi.
Shuningdek, bugungi kunda aholini oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda respublikaning turli hududlarida qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishda xotin-qizlarning ulushi tobora ortib bormoqda. Shunday shijoatkor ayollar faoliyatiga bag‘ishlangan "Bunyodkor qishloq ayollari" nomli hujjatli film òtirganlarga taqdim etildi. Tadbir davomida Qoraqalpoģiston Respublikasi va viloyatlardan kelgan bir guruh agrar sohada munosib hissa qòshgan fidoiy ayollar taqdirlandi. Ular orasida Toshkent davlat agrar universiteti "Tabiiy fanlar" kafedrasi dotsenti L.Jamolova ham borligi quvonarli hol. Tadbir sòngida esa Òzbekistonda xizmat kòrsatgan artist A.Shomaģrupov, Respublika kòrik- tanlov ģolibi H.Samiyeva, Xalqaro ko'rik-tanlovlari sovrindori S.Tulanova va Bòston ashula va raqs ansambili ijrochilari va raqqosalari kuy qòshiqlari va raqslari bilan òtirganlarga kòtarinki kayfiyat bağishladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



