Toshkent davlat agrar universitetida 2026-yilgi chaqiruv mavsumiga tayyorgarlik tadbirlari doirasida muhim uchrashuv tashkil etildi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasining «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida»gi Qonunining 20-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-iyuldagi 413-sonli qaroriga muvofiq o‘tkazildi. Mazkur uchrashuvda fakultet dekan o’rinbosarlari, ma’sul xodimlar hamda universitetda tahsil olayotgan 18–27 yoshdagi chaqiriluvchi talabalar hamda chaqiruv yoshidagi xodimlar ishtirok etdi. Tadbir davomida harbiy xizmatga oid tartib-qoidalar, imtiyozlar va majburiyatlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Jarayonlar bo‘yicha yuzaga kelgan savollarga podpolkovnik J. Achilov tomonidan atroflicha javoblar berilib, ishtirokchilarga zarur tavsiyalar taqdim etildi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni harbiy xizmatga ongli va mas’uliyat bilan tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


