logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida tashkil etilgan «AgroEcoClub»da «Iqlim o‘zgarishi va uning qishloq xo‘jaligiga ta’siri” mavzusida seminar tashkil etildi

view 206

Toshkent davlat agrar universitetida yangi tashkil etilgan “AgroEcoClub” o‘z faoliyatini boshlab, dastlabki tadbirlarini o‘tkazdi. Klub rahbari N.Yoqubjonova boshchiligida talabalar o‘rtasida “Iqlim o‘zgarishi va uning qishloq xo‘jaligiga ta’siri” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda talabalar global iqlim o‘zgarishining oqibatlari va uning qishloq xo‘jaligiga ta’siri yuzasidan muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, klub mas’uli Sh. Valieva rahbarligida klub liderlari va talabalar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilib, talabalarni klub faoliyatiga jalb qilish maqsadida tanishtiruv va targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.

“AgroEcoClub” talabalarda ekologik bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash, atrof-muhit muhofazasi bilan bog‘liq dolzarb masalalarni chuqur o‘rganish hamda yoshlarni ekologik tashabbuslarga faol jalb etishga xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:

Shuningdek o'qing

Toshkent davlat agrar universitetida Saratov davlat yuridik akademiyasi hamda Saratov viloyati bo‘yicha Federal monopoliyaga qarshi xizmat boshqarmasi bilan hamkorlikda “Monopoliyaga qarshi va u bilan bog‘liq qonunchilikni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish yo‘nalishlari” mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Jarayon

Toshkent davlat agrar universiteti rektori N. Oblomuradov Xalqaro oziq-ovqat siyosati tadqiqot instituti (IFPRI)da bo’lib, qishloq xo‘jaligi siyosati va oziq-ovqat xavfsizligi yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.