Tadbir avvalida mehmonlar universitetning yangi qad rostlagan “Renessans” ma’ruzalar majmuasi bilan tanishdilar va iqtidorli talabalarning ijodiy ishlari namoyish etilgan “Art Galereya” ko‘rgazmasini tomosha qilishdi. Davra suhbatini universitet rektori N. Oblomuradov kirish so‘zi bilan ochdi. Tadbirda Qibray tumani hokimi M. Rashidov, tuman prokurori S. Arshidinov, tuman IIB boshlig‘i J. Tilyabayev, shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Qibray tumani hokimi M. Rashidov so‘zida universitetda yaratilgan muhitning tubdan o‘zgarganini, barcha sharoitlar to‘liq ta’minlanganini ta’kidladi. Talabalar nafaqat agrar sohada, balki san’at sohasida ham o‘zlarini namoyon etayotganini ko‘rib, bundan mamnun bo‘lganini bildirdi.
Davra suhbati davomida turli izohlar va takliflar bildirildi, hujjatli film namoyishi o‘tkazildi. Tadbir so‘ngida fakultet tyutorlari talabalar bilan fikr almashishdi. Yakunda tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir universitet va tuman jamoasi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, yoshlarni giyohvandlik va narkojinoyatlardan himoya qilish borasidagi ishlarni yanada rivojlantirishga qaratildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



