logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi

view 300

Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi. Tadbirda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari, Qibray tumani statistika bo‘limi xodimlari hamda Buxgalteriya hisobi, tahlil va audit kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi. Seminar davomida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning maqsad-vazifalari, amalga oshirish mexanizmlari, bosqichlari hamda jarayonda qo‘llaniladigan elektron tizimlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, amaliyot jarayonini to‘g‘ri va tizimli tashkil etishning muhim jihatlari tushuntirildi.

Ishtirokchilarga ro‘yxatga olish jarayonini aniqlik, xolislik va mas’uliyat asosida olib borish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Seminar yakunida mutaxassislar tomonidan mavzu yuzasidan savol-javoblar o‘tkazilib, tushunchalar yanada mustahkamlandi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.