logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

view 272

Toshkent davlat agrar universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning fakultetlararo bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqalar davomida talaba-yoshlar voleybol, stol tennisi, mini-futbol, engil atletika (estafeta yugurish) hamda stritbol turlarida o‘z jamoalari sharafi uchun bellashdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar natijasida eng iqtidorli sportchilar va jamoalar aniqlanib, ular oliy o‘rinlarni egalladilar. Ğoliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Natijalarga ko‘ra, O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakulteti jamoalari voleybol bo‘yicha har ikki yo‘nalishda (o‘g‘il va qizlar) faxrli 1-o‘rinni egalladi. Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti mini-futbol yo‘nalishida, Zooinjeneriya fakulteti stol tennisi, Meva sabzavotchilik va uzumchilik yònalishi yengil atletika sport turlari bòyicha hamda O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti qiz bolalar òrtasida stol tennisi va òg’il bolalar òrtasida Stritbol sport turi bòyicha faxrli 1-òrinni egallashdi. Ushbu olimpiada yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, shuningdek, jamoaviylik va sport madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.

Barcha g‘olib va ishtirokchilarni samimiy tabriklab, kelgusida bunday yutuqlar bardavom bólishini tilab qolamiz!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.