logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida bir haftalik seminar-trening o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunladi

view 341

Toshkent davlat agrar universiteti Faollar zalida professor-o‘qituvchilarning o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda xalqaro hamkorlik faoliyatini yanada jadallashtirish, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan bir haftalik seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Seminar-trening yakunida universitet rektori N. Oblomuradov so‘zga chiqib, mazkur tadbir professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy ta’lim yondashuvlarini amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etganini ta’kidladi hamda faol ishtirok etgan barcha tinglovchilarga o‘z minnatdorligini bildirdi.
Seminar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi kafedra mudiri, professor M.B. Bekmurodov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan mazmunli ma’ruza taqdim etildi.
Shuningdek, universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S.G‘. Boboyev seminar-trening davomida olib borilgan ishlar, o‘quv jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda professor-o‘qituvchilarning metodik salohiyatini oshirish masalalariga to‘xtalib o‘tdi.

Mazkur seminar-treningda fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda barcha professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashdilar va dolzarb masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdilar. Seminar-trening universitetda ta’lim sifatini oshirish, ilmiy va ma’naviy salohiyatni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.