Dastab talabalarga universitetimizda foydalanishga topshirilgan yangi o‘quv binosi tanishtirildi. Unda joylashgan zamonaviy ma’ruza zallari, talabalar turar joyi, o‘quv laboratoriyalari, seminar xonalari va qulay sharoitlar bilan birinchi kurs talabalari yaqindan tanishishdi. Mazkur tanishtiruv haftaligi yoshlarning ta’lim olishdagi imkoniyatlarini kengaytirib, kelajakdagi ilmiy va ijodiy faoliyatlariga mustahkam zamin yaratadi. Shuningdek, talabalarning vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan „DRUG DEALER” nomli ijtimoiy-tarbiyaviy instaserial namoyish etildi. Ushbu instaserial psixotrop moddalar va dori vositalarining noqonuniy tarqatilishi, ularning salbiy oqibatlari, shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan.
Mazkur tadbir orqali talabalar nafaqat bir-birlari bilan yaqinroq tanishishdi, balki mazmunli g‘oyalarni ham o‘zlashtirish imkoniga ega bo‘lishdi.


