Bugungi kun Toshkent davlat agrar universiteti bitiruvchilari uchun tarixiy sanaga aylanishi shubhasiz. Boisi ular yillar davomida tinimsiz o'qib izlanishlarining natijasi bo'lmish diplomlarni qo'lga kiritadi. Bitiruvchilarini tabriklash uchun tadbirda universitetimiz rahbariyati, o'qituvchi-professorlar, O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi tizim tashkilotlari rahmabarlari, ish beruvchi tashkilot vakillari hamda talabalarning yaqinlari ishtirok etmoqda.
Ushbu tadbir davlatimiz rahbarining yoshlar ta’limiga bo‘lgan alohida e’tibori bilan uyg‘unlikda o‘tmoqda. Yaqinda yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Prezidentimiz: “Zamonaviy fikrlaydigan, texnologik savodxon yoshlar bo‘lgan yurtda barqarorlik va taraqqiyot ta'minlanadi” — deya ta’kidlagan edilar.





