Toshkent davlat agrar universitetida 2024/2025-o‘quv yili bitiruvchilari uchun diplom topshirish marosimi yuksak ruhda davom etmoqda. Bugun ushbu tantanali maskanda minglab qalblarni to‘lqinlantirgan unutilmas daqiqalarga guvoh bo‘lmoqdamiz.
Joriy yilda jami 2491 nafar talaba o‘z ilmiy izlanishlari, fidoyiligi va maqsadga intilishi evaziga oliy ta’lim bosqichini sharaf bilan yakunlab, diplom sohibiga aylandi.
Shundan:
1100 nafar talaba — kunduzgi ta’lim yo‘nalishini,
1370 nafar talaba — sirtqi ta’lim yo‘nalishini,
21 nafar talaba — magistratura bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi.
9 nafar iqtidorli bitiruvchi o‘qish davrida yuksak natijalarga erishib, “Qizil diplom” sohibi bo‘ldi.
Ushbu raqamlar yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan alohida e’tibor, ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, zamonaviy bilim va texnologiyalarga ochiqlik, xorijiy ilg‘or tajribalarning samarali joriy etilayotganining amaliy ifodasidir.
Tadbir davomida har bir bitiruvchining chehrasida shukronalik, faxr va yorqin kelajakka bo‘lgan ishonch namoyon bo‘lmoqda. Bu unutilmas kun yoshlarga yanada katta maqsadlar sari intilish, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga undamoqda.



