Toshkent davlat agrar universitetida bitiruvchilar uchun vacancy.argos.uz portalidan foydalanish yuzasidan ochiq muloqot o’tkazildi
15 May 2025
56
Bugun Toshkent davlat agrar universitetida 2024/2025-o‘quv yili bitiruvchi talabalari uchun davlat tashkilotlariga ishga joylashish imkoniyatlari va amaldagi tartiblarni tushuntirish maqsadida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda universitet o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S. Boboyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Toshkent viloyati filiali mas’ul xodimlari, Qibray tumani hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Toshkent viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi va tizim tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan vacancy.argos.uz portali orqali bo‘sh ish o‘rinlarini topish, hujjat topshirish va ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinish jarayonlari bo‘yicha batafsil taqdimot o‘tkazildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan mutaxassislardan javoblar olishdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ–61-sonli qarori ijrosini ta’minlash doirasida TDAU da tashkil etilgan “Kelajakka qadam” markazi faoliyati haqida ham ma’lumot berildi.
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.