logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida “Fakultet malikasi” tanlovi o‘tkazildi

view 186

Universitet Xotin-qizlar tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tanlov qiziqarli shartlar bilan qizg‘in o‘tdi. Jarayon davomida yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib, izlanishdan to‘xtamaslik va doimiy rivojlanishga intilish zarurligi ta’kidlandi. Tadbirda Universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G. Shodmonova, “O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakulteti” dekan o‘rinbosari A. Qurbonmurodov, shuningdek 14-sonli talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagogi N. Ashurova ishtirokida talaba-yoshlar faol qatnashishdi.

Yoshlar bu tadbirdan katta motivatsiya olib, kelgusida yuksak marralarni zabt etishga va’da berishdi. Tadbir yakunida universitet rektori N. Oblomuradov tomonidan ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.