Toshkent davlat agrar universitetida AZ-Germany Consulting tomonidan 2026-yil Germaniya amaliyot dasturi hamda Work & Travel loyihalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda universitetning xalqaro hamkorlik, transformatsiya va strategik rivojlanish bo‘yicha prorektori A. Abduvasikov, AZ-Germany Consulting rahbari D. Safieva hamda Xorijiy tillar kafedrasi dotsenti G. Xidirova ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida talabalar Germaniyada amaliyot o‘tash, Work & Travel dasturlarining afzalliklari va mavjud imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi. Shuningdek, dasturga qo‘shilish tartibi, talablar va tanlov jarayonlari yuzasidan ham tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida talabalar o‘rtasida saralash imtihonlari ham o‘tkazildi. Ushbu uchrashuv talabalar uchun xalqaro tajriba orttirish, kasbiy ko‘nikmalarni mustahkamlash va chet ellik mutaxassislar bilan hamkorlik qilish uchun muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



