Uchrashuv davomida Aleksandr Jarov DEULA Nienburg markazining tarixi, faoliyati va asosiy yo‘nalishlari haqida taqdimot qildi. U Markaz 1926 yilda Germaniyada tashkil etilgani va bugungi kunda amaliy ta’lim berish bo‘yicha yetakchi muassasalardan biri sifatida tan olinganini ta’kidladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, DEULA Nienburg markazi quyidagi yo‘nalishlarda malakali mutaxassislar tayyorlab keladi:
• qishloq xo‘jaligi texnikalarini boshqarish va servis xizmati;
• agrotexnologiya va agronomiya;
• bog‘dorchilik va landshaft xo‘jaligi;
• o‘rmon xo‘jaligi va texnik xavfsizlik;
• sug‘orish tizimlari va tuproq parvarishi;
• zamonaviy agromashinalarda amaliy tayyorgarlik.
Uchrashuvda universitetda amaliy ta’limni kuchaytirish, DEULA mutaxassislari ishtirokida qo‘shma kurslar tashkil etish, kadrlar malakasini oshirish hamda o‘zaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar innovatsion bilimlarni targ‘ib qilish, amaliyotga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlarini kengaytirish va DEULA Nienburg bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:
Shuningdek o'qing
Toshkent davlat agrar universitetida “Oltin kuz” xalqaro agro-tasviriy va amaliy san’at festivali yakunlandi!
rEAD MOREToshkent davlat agrar universitetida “Oltin kuz” xalqaro agro-tasviriy va amaliy san’at festivali yakunlandi!
A new “RENESSANS” lecture hall complex has been opened at Tashkent State Agrarian University!
rEAD MOREA new “RENESSANS” lecture hall complex has been opened at Tashkent State Agrarian University!
Toshkent davlat agrar universitetida birinchi bosqich talabalari uchun tashkil etilgan tanishtiruv haftaligi doirasida tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
- Rektor
- Fakultetlar
- Rektorat
- Kafedralar
- Markazlar va bo'limlar
- Xodimlar
- Universitet haqida
- Yangiliklar


