Unda universitet rektori N.Oblomuradov, taniqli ijodkorlar O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti va “Shuhrat” medali sohibasi, Halima Xudoyberdiyevaning ardoqli shogirdi G.Asqarova, G‘uncha” jurnalining bosh muharriri, “Shuhrat” medali sohibasi, ustoz an’analarining davomchisi D.Shomalikova, Mehnat faxriysi, Halima Xudoyberdiyevaning hayot yo‘llari va saboqlaridan bahramand bo‘lgan ijodkor D.Azimova hamda O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn” fakulteti o‘qituvchisi, shoiraning jigarbandi, ardoqli jiyani N.Xudoyberdiyeva, shuningdek, ustozlar va talaba-qizlar ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida Halima Xudoyberdiyevaning boy ijodiy merosi, uning o‘zbek adabiyotidagi o‘rni va ibratli hayot yo‘li haqida atroflicha fikr almashildi. Tadbir samimiy ruhda o‘tib, erkin muloqot, savol-javoblar tashkil etildi. Shuningdek, talaba-yoshlar tomonidan shoira ijodidan she’riy namunalar ifodali tarzda o‘qib berildi. Bu esa uchrashuvga alohida ruh va mazmun bag‘ishladi. Mazkur ijodiy uchrashuv yoshlarda adabiyotga bo‘lgan mehrni yanada mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etish va ustoz-shogird an’analarini davom ettirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



