9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Toshkent davlat agrar universitetida “Halollik marafoni” haftaligini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi o‘tkazildi. Tadbirda Toshkent davlat agrar universiteti birinchi prorektori J. Lapasov ishtirok etib, korrupsiyaning oldini olishda yoshlarning faol ishtiroki va mas'uliyatli pozitsiyasi muhimligini ta'kidladi. Yig‘ilish davomida jamiyatda halollik, shaffoflik va qonuniylik tamoyillarini mustahkamlash, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, talabalar o‘rtasida huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.
Haftalik doirasida “Men halollik tarafdoriman!” mavzusida insholar tanlovi, Antikorrupsiya yo‘nalishida videoroliklar tanlovi, “Halollik marafoni” targ‘ibot aksiyasi, “Korrupsiyaga qarshi viktorina” tadbirlarini òtkazish rejalashtirilgan.
Ijtimoiy tarmoqlar:



