logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar samaradorligini oshirishga qaratilgan seminar bo’lib o’tdi

view 43

Mazkur seminarda universitet rektori N. Oblomuradov boshchiligida barcha fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, doktorantlar, tayanch doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar hamda ularning ilmiy rahbarlari ishtirok etdilar. Yig‘ilish davomida ilmiy maqolalar chop etilishi va ularning xalqaro ilmiy bazalardagi ko‘rsatkichlari, innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish masalalari, doktorant va tadqiqotchilar faoliyatining samaradorligi, ilmiy rahbarlar mas’uliyatini kuchaytirish, grant loyihalari va xo‘jalik shartnomalari asosida olib borilayotgan tadqiqotlar natijalari, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, ilmiy faoliyatda mavjud kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriq va vazifalar belgilab olindi. Har bir fakultet va kafedra kesimida ilmiy natijadorlikni oshirish yuzasidan manzilli choralar ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi. Yig‘ilish yakunida ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, innovatsion loyihalarni amaliyotga joriy etish hamda universitetning ilmiy reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilandi.

Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash orqali universitetning ilmiy salohiyatini yanada mustahkamlash va innovatsion rivojlanishni jadallashtirish ko‘zda tutilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.