logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida “Inno Vet Clinic” innovatsion veterinariya klinikasining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi

view 112

Bugungi kunda Toshkent davlat agrar universitetida yangi davr boshlanib, misli ko’rilmagan islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bugungi Zooinjeneriya fakultetida veterinariya xizmatlarini zamonaviy bosqichga olib chiqishga qaratilgan “Inno Vet Clinic” innovatsion veterinariya klinikasining ochilish marosimi so’zimizning yaqqol misolidir. Klinikaning ochilish marosimida Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari J.Abduzuxurov, Toshkent davlat agrar universiteti rektori N. Oblomuradov, soha mutaxassislari, talaba-yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Yangi, zamonaviy qiyofadagi klinikaning ishga tushirilishi veterinariya sohasida ilmiy asoslangan amaliy xizmatlarni rivojlantirish, chorvachilik tarmog‘ida sifat va samaradorlikni oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi desak mubolag’a bo’lmaydi.
Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan videoselektorda belgilab berilgan ustuvor vazifalar hamda 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-sonli qaroriga muvofiq yo’lga qo’yildi. Mazkur klinikada 20 ga yaqin zamonaviy veterinariya xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular qatoriga hayvonlar kasalliklariga tashxis qo‘yish va davolash, ultratovush tekshiruvi, rentgen va laboratoriya diagnostikasi, jarrohlik amaliyotlari, statsionar xizmat, hayvonlarga gigiyenik parvarish (grooming), vaqtincha saqlash (pet house) kabi xizmatlar kiradi. Shuningdek, chorvachilik bilan shug‘ullanayotgan fermer xo‘jaliklari hamda aholiga statsionar va mobil veterinariya xizmatlari ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Hozirgi vaqtda klinikada mayda shoxli tuyoqli hayvonlarni davolash ishlari ham boshlangan. Klinika faoliyati nafaqat veterinariya xizmatlarini kengaytirish, balki talabalarning ta’lim jarayonini amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga ham xizmat qiladi. Bu yerda veterinariya yo‘nalishida tahsil olayotgan 300 ga yaqin talabalar zamonaviy veterinariya xizmatlari bilan yaqindan tanishib, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Tadbir doirasida universitetda chorvachilik, baliqchilik, asalarichilik hamda sholichilik yo‘nalishlarida yo‘lga qo‘yilgan 18 turdagi amaliy xizmat va ilmiy tadqiqot ishlari, shuningdek go‘sht va sut mahsulotlarini o‘rganishga ixtisoslashgan laboratoriya faoliyati haqida ham ma’lumot berildi. Laboratoriyada hayvonlar qon tarkibini aniqlash va turli tahlillarni o‘tkazish jarayonlari amaliy tarzda namoyish etildi.

Bundan tashqari, fakultetda tut ipak qurti yetishtirish va uni ilmiy o‘rganishga ixtisoslashgan laboratoriya ham faoliyat yuritmoqda. Mazkur yo‘nalishda xalqaro hamkorlik loyihalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilinib, ipakdan to‘qilgan milliy matolar ko‘rgazmasi namoyish etildi. “Inno Vet Clinic”ning ishga tushirilishi Toshkent davlat agrar universitetida ilmiy tadqiqotlar va amaliy xizmatlarni rivojlantirish, veterinariya xizmatlari sifatini oshirish hamda agrar sohada innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.