Toshkent davlat agrar universitetida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida 2025-2026 o‘quv yili bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish, biznes-rejalar tayyorlash va ularni amaliyotga joriy etishga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Seminar-treningda “O‘zmilliybank” AJ, Toshkent viloyati Savdo-sanoat palatasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi vakillari ishtirok etib, bitiruvchi talabalarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash, samarali biznes-reja tuzish va uni moliyalashtirish mexanizmlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berishdi. Tadbir davomida talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Ma’lumot o‘rnida Toshkent davlat agrar universitetida “O‘zmilliybank” AJ bilan hamkorlikda faoliyat yuritayotgan “Kelajakka qadam” markazi orqali bugungi kunga qadar 67 ta loyiha ishlab chiqilib, umumiy qiymati 5 mlrd 88 mln so‘mni tashkil etdi. Shundan 1 mlrd 250 mln so‘m kredit mablag‘lari evaziga 46 nafar bitiruvchi o‘z biznesini yo‘lga qo‘yib, 90 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



