Toshkent davlat agrar universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan Agromuhandislik va Agrotexnologiyalar fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirokida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. Tadbir davomida bo‘lim bosh mutaxassisi A.Xayitov korrupsiyaning jamiyat va ta’lim tizimiga salbiy ta’siri, shuningdek, halollik, adolat va mas’uliyat tamoyillarining har bir sohada, ayniqsa agrar yo‘nalishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. U har bir talaba o‘z halol faoliyati va mas’uliyatli munosabati bilan korrupsiyasiz universitet muhitini yaratishga hissa qo‘shishi zarurligini alohida qayd etdi.
Ishtirokchilarga universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimi faoliyati hamda korrupsiya yoki manfaatlar to‘qnashuvi holatlari haqida xabar berish tartibi bo‘yicha aloqa kanallari haqida ham batafsil ma’lumot berildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

