logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida “Mas’uliyatli ota-onalik” mavzusidagi o‘quv kursi yakunlandi

view 159

Mazkur loyiha doirasida oilani mustahkamlash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, farzand tarbiyasida ota-onalik mas’uliyatini oshirish hamda erta nikoh va zo‘ravonlikning salbiy oqibatlari yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi. Mavzularni ilmiy asosda yoritish maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar filiali vrach-mutaxassislari, Toshkent viloyati "Oqila ayollar" harakati a’zolari, ichki ishlar xodimlari, psixologlar hamda huquqshunoslar ham oʻz ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.

Kurs yakunida 75 nafar faol ishtirok etgan talabalar sertifikatlar topshirildi. Taqdirlash marosimida universitetning ma'naviy ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor J. Lapasov, rektor maslahatchisi O. Navro‘zov hamda Xotin-qizlar masalalari kengashi raisi G. Shodmonova ishtirok etdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.