favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida matbuot xodimlari uchun navbatdagi seminar boshlandi

view 62

Universitet rektori topshirig‘iga asosan Toshkent davlat agrar universiteti Matbuot xizmati xodimlari hamda fakultetlardan biriktirilgan matbuot mas’ullari ishtirokida o‘zbek va ingliz tili me’yorlariga oid seminar-trening o‘z ishini boshladi.Seminar universitet axborot siyosatini yuksaltirish, matnlar sifati, tilda aniqlik va uslubiy tozalikka e’tibor kuchaytirish, shuningdek axborot materiallarini xalqaro mezonlarga mos tayyorlash maqsadida tashkil etilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: Ushbu seminarlar keyingi bosqichda rus tili me’yorlari hamda media yo‘nalishlari bo‘yicha ham davom ettirilishi rejalashtirilgan.

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.