logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida “Mehnat jamoalarida xotin-qizlar bilan ishlashning zamonaviy mexanizmlari” mavzusida o‘quv-seminar yuqori saviyada tashkil etildi

view 12

Seminarni universitet rektori Narzullo Oblomuradov kirish so‘zi bilan ochib, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, sog‘lom va qo‘llab-quvvatlovchi mehnat muhitini yaratish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi. So‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mukarram Nurmatova o‘z nutqida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda zamonaviy boshqaruv va muloqot mexanizmlarini joriy etish yuzasidan muhim fikr va tavsiyalarini bildirdi. Seminar davomida “Ammofos-Maxam” OAJ raisining oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Roxila Abdukadirova tomonidan ishlab chiqarish korxonalarida xotin-qizlar bilan ishlash tajribasi, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy yondashuvlar va samarali tizimlar haqida so‘z yuritildi. Universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, rektor maslahatchisi Gulnoza Shodmonova esa oliy ta’lim muassasalarida xotin-qizlar bilan ishlashning huquqiy asoslari, mavjud tizim va mexanizmlar, shuningdek, ularning ilm-fan, ta’lim va ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi Shuningdek, Toshkent viloyati Qibray tumani hokimining o‘rinbosari – oila va
xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Naipova Rahima Ma’murjon qizi tomonidan hududlarda xotin-qizlar bilan ishlash, ularni bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida qisqacha ma’lumot berildi. Seminar doirasida ishtirokchilarga taqdimotlar, amaliy misollar va real tajribalar asosida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, xotin-qizlar bilan ishlashda duch kelinayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir yakunida savol-javoblar tashkil etilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar. Seminar barcha qatnashchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va faol muhokamalar bilan boy o‘tdi. Yakunda xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va yangi tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Mazkur seminar xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yanada mustahkamlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.