Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti hamda Mevachilik va uzumchilik kafedrasi tashabbusi bilan “Mevachilik va uzumchilik” yo‘nalishi talabalari uchun amaliy mahorat darsi tashkil etildi. Tadbirda fakultet dekani S. Xasanov, kafedra mudiri I. Namozov, kafedra dotsentlari X. Adilov, M. Faxrutdinov, D. Janakova, katta o‘qituvchilar Sh. Valiyeva, A. Qarshiyev hamda assistentlar D. Nurmuhamedova, A. Xomidjonov va O. Kaxxorova ishtirok etdilar.
Mahorat darsi “Subtropik o‘simliklar” fanidan 4-bosqich 22-50-guruh talabalari uchun “Anorning biologik xususiyatlari va yetishtirish texnologiyasi” mavzusiga bag‘ishlandi. Mashg‘ulot davomida talabalarga anorning biologik va foydali xususiyatlari, ko‘chat yetishtirish texnologiyasi, istiqbolli navlar hamda parvarishlash usullari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
Dars yakunida savol-javoblar tashkil etilib, talabalar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va yangi, foydali bilimlarga ega bo‘ldilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:


