O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Qo‘mitasi tomonidan respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida yoshlar bilan uchrashuv va o‘quv tadbirlari tashkil etilishi doirasida Toshkent davlat agrar universitetida navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi. Mazkur tadbirni Toshkent davlat agrar universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S.Boboyev ochib berdi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Raqobat qo‘mitasi raisining jamoatchilik bilan aloqalari bo‘yicha maslahatchisi O. Usmonov, shuningdek Toshkent viloyati Qibray tuman boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A. Bobomuradov ishtirok etdi.
Tadbir davomida talabalarga moliyaviy savodxonlikning asosiy tushunchalari, iste’molchilar huquqlarining davlat tomonidan himoya qilinishi, iste’molchi va sotuvchining huquq hamda majburiyatlari hamda qo‘mita tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar borasida batafsil ma’lumotlar berildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



