logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida «Ochiq eshiklar» kuni tashkil etildi

view 33

Toshkent davlat agrar universitetida tashkil etilgan “Ochiq eshiklar” tadbirida Toshkent viloyati Qibray tumani 41-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10–11-sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.
Tashrif davomida Zooinjeneriya fakulteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri, professor S.Xolmirzayeva hamda o‘qituvchilar M.Kasimova va M.Muxanovalar tomonidan o‘quvchilarga universitetning Renessans ma’ruzalar majmuasi, zamonaviy binolari, Axborot-resurs markazi hamda fakultetlarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Mazkur uchrashuv o‘quvchilarda oliy ta’limga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirib, ularning kelajak kasb tanlashida muhim yo‘nalish bo‘lib xizmat qildi. Tashrif yakunida o‘quvchilar universitet faoliyati haqida yuqori taassurotga ega bo‘ldilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.