Seminar davomida rahbar xodimlarga ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi, shuningdek, amaldagi qonunchilikda belgilangan talablar batafsil tushuntirildi. Shuningdek, universitet Kengashining 7-sonli yig‘ilishida ma’qullangan “Universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati”ning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga atroflicha yetkazildi.
Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsion holatlarning oldini olish hamda ularning salbiy oqibatlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Jumladan, barcha professor-o‘qituvchilar va xodimlar tomonidan ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar bilan tanishilganligi hamda qonuniy talablarga qat’iy rioya etilishi bo‘yicha ixtiyoriy kafolat xatlari topshirilgani ma’lum qilindi.
Shu bilan birga, seminar ishtirokchilariga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar, shuningdek, Prezidentimiz rahbarligida ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



