Talabalarning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash va ularning bilim, mahorat hamda iste’dodlarini yuzaga chiqarish maqsadida Toshkent davlat agrar universitetida muntazam ravishda turli ko‘rik-tanlovlar o‘tkazib kelinadi. Jumladan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi – iqtidorli yoshlarni ilmiy izlanishlarga jalb etuvchi nufuzli tanlov, ilmiy-amaliy konferensiyalar – talabalar o‘z ilmiy ishlari va innovatsion loyihalarini taqdim etishlari uchun muhim maydon, Ijodiy tanlovlar – she’riyat, adabiyot, san’at va musiqa yo‘nalishlarida iqtidorli yoshlarni kashf etishga xizmat qiladi. Sport musobaqalari – talabalarni sog‘lom turmush tarziga undash va sport sohasida ham muvaffaqiyatlarga erishishga imkon yaratadi. Bu kabi tanlovlar nafaqat talabalarning qobiliyatini namoyon etish, balki ularni yanada faol, tashabbuskor va ijodkor bo‘lib ulg‘ayishida ham muhim o‘rin tutadi.
Mazkur tanlovlar haqida batafsil ma’lumotni videolavha orqali ham tomosha qilishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar:
