Bugun Toshkent davlat agrar universitetida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi Anvar To‘ychiyev hamda qo‘mita raisi o‘rinbosari Sayyora Abdukarimova, universiteti rektori Narzullo Oblomuradov, professor-o‘qituvchilari va faol talaba-yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuv davlatimiz rahbari tashabbusi bilan haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan hamda yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazildi. Muloqot davomida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek saylash va saylanish huquqi haqida atroflicha fikr yuritilib, talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Tadbir yakunida senator tomonidan talaba-yoshlarni qonun hujjatlari qabul qilinadigan Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati zaliga tashrif buyurish taklifi berildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



