logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toşkent davlat agrar universitetida «Sun’iy intellekt kundalik hayotimizda» mavzusida amaliy ma’ruza bölib ötdi

view 8

2026-yil 30-oktabr kuni Toşkent davlat agrar universiteti Axborot-resurs markazida talabalar uçun «Sun’iy intellekt kundalik hayotimizda» mavzusida amaliy ma’ruza taşkil etildi.
Tadbirda Zenth or Labs kompaniyasi asoschilaridan biri va texnik direktori (CTO) Oleksii Tsekhotskyi hamda Axborot-resurs markazi direktori J. Temirxöjayev iştirok etdilar.
Şuningdek, tadbirda Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsentlari R. Tursunov, O. Yöldoşev, Ş. Kimsanboyeva, F. Mamadaliyeva hamda universitet talabalari faol qatnaşdilar.
Amaliy ma’ruza davomida sun’iy intellektning kundalik hayot va ta’limdagi örni, undan samarali foydalaniş imkoniyatlari, zamonaviy raqamli texnologiyalar hamda ularning qişloq xöjaligidagi amaliy ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Jumladan, qişloq xöjaligida sun’iy yöldoş monitoringidan foydalaniş, tuproq holatini tahlil qiliş, hosildorlikni prognozlaş, ösimliklar salomatligini baholaş hamda AgroVision kabi raqamli platformalardan foydalaniş imkoniyatlari körib çiqildi.
Tadbir yakunida universitet va Zenth or Labs kompaniyasi örtasida kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, sun’iy intellekt texnologiyalarini ta’lim jarayoniga keng joriy etiş, talabalar hamda professor-öqituvçilar uçun amaliy maşğulotlar taşkil etiş va innovatsion loyihalarni amalga oşiriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Mazkur uçraşuv zamonaviy texnologiyalar sohasidagi bilim va amaliy könikmalarni oşiriş, şuningdek, fan, ta’lim va işlab çiqariş integratsiyasini rivojlantiriş yölidagi muhim qadamlardan biri böldi.

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.