logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, huquqbuzarliklar va zararli odatlarning oldini olishga qaratilgan qator profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

view 57

Toshkent davlat agrar universitetining Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash, Meva-sabzavotchilik va uzumchilik, Zooinjeneriya, Agromuhandislik va agrotexnologiyalar hamda O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakultetlarida tashkil etilgan uchrashuvlar davomida talabalar o‘rtasida nizolarni oldini olish, psixologik muhitni sog‘lomlashtirish, giyohvandlik, chekish, yengil hayotga berilish, azart o‘yinlari va kompyuter o‘yinlariga qaramlikning salbiy oqibatlari haqida keng tushuntirish ishlari olib borildi. Psixologlar, profilaktika inspektorlari va fakultet mas’ullari ishtirokida psixologik treninglar, interaktiv o‘yinlar, davra suhbatlari va ochiq muloqotlar tashkil etilib, yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, internet xavfsizligi, onlayn savdolardan oqilona foydalanish hamda shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. “Biz giyohvandlikka yo‘q deymiz!”, “STOPNARKO” kabi shiorlar ostida o‘tkazilgan targ‘ibot chellenjlari orqali talabalar sog‘lom hayot tarafdori ekanliklarini namoyon etdilar. Shuningdek, “Biz yoshlar — korrupsiyaga qarshimiz” mavzusidagi tadbir orqali yoshlarda halollik, adolat va mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur tadbirlar yoshlarni ongli, mas’uliyatli, sog‘lom fikrlaydigan hamda huquqiy bilimga ega shaxs sifatida shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi, barchani sog‘lom va porloq kelajak sari birlashishga chorlaydi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.