logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida ta’lim va hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muhim tashabbuslar ilgari surildi

view 16

Qibray tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi, tumandagi maktab direktorlar, o'qituvchi va bitiruvchi yoshlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Mazkur jarayonda ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ularning oliy ta’limga qamrovini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, uchrashuv davomida ota-onalar bilan ham ochiq muloqot tashkil etilib, farzandlarning ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni to‘g‘ri yo‘naltirish hamda oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Bundan tashqari, xorijiy tillarni o‘rganishning ahamiyati alohida ta’kidlanib, talabalar va o‘quvchilar uchun til o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Mazkur uchrashuvlar natijasida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, yoshlarni sifatli ta’lim bilan qamrab olish hamda ularning kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish borasida kelishib olindi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.