Toshkent davlat agrar universiteti professor-o‘qituvchilari bilan OTM rektorining “Korrupsiyaga qarshi kurash, jinoyatchilikning oldini olish va adolatli ta’lim muhitini shakllantirish bo‘yicha murojaati” mazmun-mohiyati batafsil yetkazildi va tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, “Korrupsiyaga qarshi kurashda qat’iylik va qonun ustuvorligi, professor-o‘qituvchilarning mas’uliyati” mavzusida ko‘rgazmali (slayd) materiallar asosida targ‘ibot ishlari amalga oshirildi. Uchrashuv davomida korrupsion jinoyatlarning jazosiz qolmasligi, qonuniylikning ta’minlanishi va adolatli ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha muhim tushuntirishlar berildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

