Toshkent davlat agrar universitetida 2025-yil uchun tayanch doktorantlar va doktorantura bosqichiga qabul jarayonining muhim bosqichi — kirish imtihonlari izchil davom etmoqda.
Hozirda imtihonlar quyidagi ilmiy ixtisosliklar bo‘yicha o‘tkazilmoqda:
03.00.13 – Tuproqshunoslik
06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish
06.03.01 – O‘rmon ekinlari, seleksiya, urug‘chilik va ko‘kalamzorlashtirish
06.03.03 – Dorivor o‘simliklar introduksiyasi
08.00.13 – Menejment
08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti
Universitet rektori N. Oblomuradov talabgorlar bilan muloqot qilib, ularga muvaffaqiyat tiladi. U o‘z nutqida imtihon jarayonlarining to‘liq ochiq va shaffof tarzda o‘tkazilayotgani, barcha talabgorlar uchun teng imkoniyatlar yaratilganini ta’kidladi. Shuningdek, rektor joriy yilda tayanch doktorantura va doktorantura yo‘nalishlariga talabgorlar soni o‘tgan yilga nisbatan sezilarli ko‘paygani quvonarli holat ekanini qayd etdi. Bu esa ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqish va talabning ortib borayotganidan dalolat beradi.
Ma’lumot o’rnida, tayanch doktorantura va doktorantura bo‘yicha 30 ta ixtisoslikda 100 dan ortiq talabgorlar hujjat topshirgan.
Ijtimoiy tarmoqlar:



